14:11 / 02.05.2015
2131

Mourino: "Men sovrinlarni 5 daqiqa nishonlayman"

16chelsea

Kun.uz: “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino sovrinlarni 5 daqiqa nishonlashini ta'kidladi.

“Menda har bir erishgan sovrinimning nusxasi bor. Biroq meni sovrinlar va uning nusxalari qiziqtirmaydi. Doimo qoladigan narsa bu hissiyotlar, biror bir yutuqni qo‘lga kiritgan vaqtimdagi hayajonlarni xotirlash. Men bunday vaziyatlarning har birini yodimda saqlayman. Men sovrinni 5 daqiqa nishonlayman. Xotira va ehtiroslar doimo yodda qoladi”, – dedi Mourino.

Ma'lumot uchun, “Aristokratlar” 3 mayda bo‘lib o‘tadigan Premer liganing 35-turida “Kristal Pelas”ga qarshi kechadigan uchrashuvda muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin.

Top