12:01 / 02.05.2015
1758

Samarqandda o‘qishni tashlab ketgan 168 nafar o‘quvchi maktabga qaytarildi

Kun.uz: Samarqandda o‘smirlar va yoshlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish borasida ishlar olib borilmoqda.

Nazoratsizlik va qarovsizlikning oldini olish borasidagi tadbirlar orqali darslarga bormay qo‘ygan 168 o‘quvchi ta'lim muassasalariga qaytarildi. 325 nafar ota-ona bolalarning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko‘rsatgani aniqlanib, ularning 180 nafari tegishli javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Huquq gazetasi ma'lum qilgan.

Shuningdek, o‘tkazilayotgan madaniy va ijtimoiy tadbirlar yoshlar ongiga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd qilindi.

Viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan joriy yilning birinchi choragida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 10 foizga kamaygan. Shu jumladan, o‘smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar miqdori 75 foizga kamaygani aniqlandi. O‘smirlar tomonidan qotillik, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik va bezorilik jinoyatlari amalga oshirilmagan.

Hamkorlikdagi ishlar natijasida viloyatning Jomboy, Ishtixon, Narpay, Nurobod, Tayloq, Oqdaryo, Qo‘shrabot, Payariq va Paxtachi tumanlarida o‘smirlar tomonidan umuman hech qanaqa jinoyat sodir qilinmagan. xab-4

Top