12:41 / 03.05.2015
1956

Keyt Middlton va shahzoda Uilyam yangi tug‘ilgan farzandini ommaga namoyish qilishdi

Fabrika FormatovScreenshot_3 Kun.uz: 2 may kuni London vaqti bilan soat 8:34 da shahzoda Uilyam va uning rafiqasi, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton qiz farzand ko‘rishdi. Qizcha dunyoga kelgandan keyin uning baxtiyor ota-onasi 2,5 soat davomida u bilan yolg‘izlikda qoldi. Shundan keyingina bu quvonchli voqea haqida rasman e'lon qilindi. Shifoxonaga shahzoda Uilyam bilan juftlikning to‘ng‘ich farzandi – shahzoda Jorj ham kelgan edi. Birozdan keyin Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton Londondagi Avliyo Mariya shifoxonasini yangi tug‘ilgan malika bilan birga tark etishdi. Ularni tashqarida jurnalistlar va omma kutib turgan edi. Middlton qo‘llarida oq adyolga o‘ralgan yangi tug‘ilgan qiz farzandini ularga namoyish qilgandan keyin baxtli oila o‘z uyiga yo‘l oldi. Britan monarxlarining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ostiga “Oilamizga xush kelibsan” degan yozuv yozilgan bu baxtli onlar muhrlangan surat chop etildi. Hozircha qizchaga qanday ism qo‘yilgani noma'lumligicha qolmoqda. Fabrika FormatovScreenshot_7 xab-2
Top