07:25 / 03.05.2015
2281

«Real» safarda Ronalduning gollari evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etdi

Screenshot_3 Kun.uz: 2 may kuni Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Sevilya” hamda “Real” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 2:3 hisobi qayd etilib, madridliklar safarda 3 ochkoga ega bo‘lishdi. Gollar boy bo‘lgan qiziqarli uchrashuvda “Real”ning barcha gollariga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Mezbonlar esa bunga Bakka va Iborraning gollari bilan javob qaytarishdi. Endilikda “Real” ochkolar sonini 85taga yetkazib olgan holda "Barselona"ni ta'qib qilmoqda. Sevilya – Real Madrid 2:3 Gollar: 0:1 – 36 Ronaldu, 0:2 – 37 Ronaldu, 1:2 – 45, penalti Bakka, 1:3 – 68 Ronaldu, 2:3 – 79 Iborra. Sevilya – Riko, Kolodzeychak, Karrisu, Figeyrash (Suares, 70), Tremulinas, Kryxovyak (Iborra, 78), Mbia, Banega, Vidal, Reyyes, Bakka (Gameyro, 78). Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Varan, Pepe, Marselo (Arbeloa, 88), Karvaxal, Isko (Ilyarramendi, 84), Xames, Kroos, Ernandes (Beyl, 66), Ronaldu. Ogohlantirishlar: Ramos (45), Karvaxal (51), Reyyes (67), Tremulinas (87), Karrisu (90), Vidal (90). xab-
Top