10:30 / 04.05.2015
4809

O‘zbekistonda ov va baliqchilik qoidalari qabul qilinadi

[caption id="attachment_90380" align="alignnone" width="640"]© Gazeta.uz © Gazeta.uz[/caption] O‘zbekistonda Ovchilik va baliqchilik qoidalari qabul qilinadi. Hujjat loyihasi muhokama uchun Yagona portalda e'lon qilingan. Qoidalar loyihasida ovning quyidagi turlari belgilangan: ovchilik, havaskorlik va sport ovi, an'anaviy va boshqalar (ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tibbiy va boshqa maqsadlarda jonivorlarni ovlash). Ushbu qoidalar ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish va jonivorlardan foydalanish sohalaridagi munosabatlarni tartibga soladi. Shuningdek, ushbu qoidalar ov jonivorlari va baliqlardan foydalanishning talablari va muddatlarini, taqiqlarini ham belgilaydi.
Top