19:39 / 04.05.2015
1835

Pokistonda noma'lum shaxslar maktabga hujum qilib, qo‘riqchini o‘ldirib ketishdi

1039420297

Kun.uz: Pokiston politsiyasi noma'lum shaxslar Panjob viloyatida joylashgan Dera-G‘ozixon shahridagi o‘rta maktabga hujum qilishgani haqida xabar berdi. Jinoyatchilar maktabda navbatchilik qilayotgan qo‘riqchini o‘ldirib ketishgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Politsiya maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jabr ko‘rmaganini ma'lum qildi. Ayni paytda hujum qilganlarning aniq soni va ular qayerda joylashganini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

O‘tgan yili toliblar guruhi 153 kishining (ulardan 134 tasi bolalar bo‘lgan) hayotiga zomin bo‘lgan Peshovordagi o‘rta maktabga hujumidan keyin Pokiston hukumati o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilishgacha borib, o‘zining terrorchilikka qarshi kurashish siyosatini kuchaytirgan edi.

Avvalroq Peshovordagi shialar masjidiga hujum qilingani ma'lum qilingandi.

Top