15:25 / 04.05.2015
2072

Qozog‘istonda urush faxriysini kaltaklab ketgan erkak qo‘lga olindi

984980

Kun.uz: Olma-Ota politsiyasi Ikkinchi Jahon urushi faxriysini do‘pposlab ketgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda politsiya matbuot xizmatiga tayangan holda tengrinews.kz resursi xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Ikkinchi Jahon urushi faxriysi, 89 yoshli Nikolay Xoxlov hujumga uchrab, tan jarohatlari olgan edi. Hujum qilgan odam uning qo‘lidagi polietilenli paketni olib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Voqea kuzatish kameralarida qayd qilingan bo‘lsa-da, jinoyatchining yuzi tasvirda aniq ko‘rinmagan. Shunga qaramay, politsiya uni topishga muvaffaq bo‘ldi. Faxriyga hujum qilgan odam Olma-Ota shahrida istiqomat qiladigan 32 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. Faxriyning voqea joyida bo‘lgan qizi Irina Zuyeva jinoyatchini tanigan.

Top