18:09 / 04.05.2015
1934

Regbi bo‘yicha Uels terma jamoasining o‘yinchisi o‘yin paytida olgan yurak xurujidan vafot etdi

55480

Kun.uz: Regbi bo‘yicha Angliyaning uchinchi divizionida qatnashuvchi “Kitli Kugars” jamoasi safida o‘ynovchi, Uels terma jamoasining o‘yinchisi Denni Jons o‘yin paytida yurak xurujini boshidan o‘tkazdi hamda keyinroq shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘yinning 4-daqiqasida o‘zini yomon his qilgani uchun almashtirilgan 29 yoshli Jons o‘yindan chiqib ketgandan keyin hushidan ketib, yiqilib tushdi va zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlarning uni hushiga keltirishga urinishlariga qaramay, sportchi o‘ziga kelmadi. Bu voqeadan keyin to‘xtatib qo‘yilgan o‘yin ham oxirigacha yetkazilmay qolib ketdi.

Eng oliy darajada – Uels terma jamoasida o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan Jons 5 oylik egizaklarning otasi edi.

Aprel oxirida Belgiyaning “Lokeren” futbol klubi o‘yinchisi 24 yoshli Gregori Mertens “Genk” bilan uchrashuv paytida yurak xurujiga uchragan va bir necha kun o‘tib o‘ziga kelmay vafot etgan edi.

Top