12:06 / 05.05.2015
3105

@beeline_uzbekistan yangi sahifasi Instagram‘da bir oy ichida 2000 dan ortiq obunachilarni birlashtirdi

5 may 2015, Toshkent. Aloqa operatori Beeline 2000-chi foydalanuvchining Instagram‘dagi @beeline_uzbekistan rasmiy sahifasiga qo‘shilganini xabar qiladi.

Instagram2000

«Biz kompaniyaning akkauntini ushbu mashhur tarmoqda birinchi aprel arafasida yaratdik, – deydi Unitel‘ning matbuot-kotibi Rezida Erdman. –Instagram formati aloqa imkoniyatlarini kengaytirib, bizga voqealar to‘g‘risida oddiy bo‘lmagan fotosuratlar, illyustratsiyalar va lavhalar orqali gapirib berish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, biz bir nechta yil davomida obunachilarning soni bo‘yicha №1 brend bo‘lib qolayotgan bizning Facebook, OK.ru va Twitter dagi boshqa rasmiy sahifalarimizga qaraganda, Instagram‘dagi akkauntimiz ko‘proq bizning abonentlar va uyali aloqa mavzusi qiziq bo‘lgan barcha bilan norasmiy muloqot, ijobiy fikrlar hamda g‘oyalar bilan almashish maqsadida yaratilgan».

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan 2011 yildan beri, www.facebook.com ning statistikasini yuritayotgan www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portalining ma'lumotlariga muvofiq Markaziy Osiyoda №1 Facebook-brendi bo‘lib qolmoqda. 2014 yilning yakunlariga asosan esa Beeline Uzbekistan www.odnoklassniki.ru va www.twitter.com ijtimoiy tarmoqlarida obunachilar soni bo‘yicha №1 operator deb e'lon qilindi.

Batafsil ma'lumotlar www.instagram.com/beeline_uzbekistan saytida.

Top