16:06 / 05.05.2015
3630

Qatarda 2022 yilgi Jahon chempionati haqida film olayotgan jurnalistlar hibsga olindi

Florian_Bauer_Qatar

Kun.uz: 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati haqida film olayotgan germaniyalik jurnalistlar Qatar politsiyasi tomonidan hibsga olindi. “Biz Qatarda qo‘lga olinib, mahalliy politsiya va razvedka vakillari tomonidan so‘roq qilindik. Bir necha kun mobaynida bizga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmaydi. Yozilgan material o‘chirib tashlandi, asbob-uskuna buzildi”, - degan yozuv qoldirdi Tvitterdagi sahifasida Germaniyaning ARD telekanali muxbiri Florian Bauer. Filmni suratga olishda ishtirok etgan boshqa telekanal - WDR ham uning xodimlari Doxadagi suratga olish jarayonida qo‘lga olinib, 14 soatdan keyin qo‘yib yuborilganligini ma'lum qildi. Suratga olish dastgohlari, noutbuklar va smartfonlar tortib olinib, 4 haftadan so‘ng qaytarilgan, ulardagi barcha videoqaydlar o‘chirilgan, asbob-uskunalarga qisman zarar yetkazilgan.

xab-
Top