13:17 / 05.05.2015
3098

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Italiyaga qimmatga tushdi

0940

Kun.uz: Rossiyaga qarshi joriy qilingan iqtisodiy cheklovlar Italiyaga qimmatga tushdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Paolo Jyentiloni La Stampa gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Rossiya jahon inqirozini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Italiya Rossiya uchun barcha eshiklarni yopib qo‘yishni istamaydi. Shuningdek, Jyentiloni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milanda o‘tkazilayotgan EKSPO-2015 ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan uchrashishiga umid bildirdi.

uy

Top