15:19 / 05.05.2015
2129

Samvel Babayan: "Keyingi bosqichga yo‘l olmoqchimiz"

Fabrika Formatov93a_Paxtakor-Naft34 Kun.uz: 6 may kuni bo‘lib o‘tadigan "Paxtakor" va "Al Shabab" jamoalari uchrashuvidan oldin har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Dastlab savollarga "Paxtakor" menejyeri va bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Samvel Babayan javob berdi. "Ertaga bizni juda ham muhim o‘yin kutib turibdi. Anchadan buyon pley-offga chiqa olmayapmiz. Hozircha imkoniyatimiz borligidan xursandman. Ertaga o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Raqibning guruhda chiqa olmasligi aniq bo‘lgan. Bizga esa g‘alaba zarur. Bunday vaziyatda raqibga osonroq bo‘ladi. Lekin yurtimiz va klubimiz sha'nini munosib himoya qilishga harakat qilamiz", deydi mutaxassis. "Krimets jamoamizning muhim o‘yinchilaridan biri. Diskvalifikatsiyasi tufayli maydonga tusha olmaydi. Shunday ekan, boshqa futbolchilar bilan o‘ynaymiz", deb ma'lum qildi babayan tarkib borasidagi savollardan biriga. xab-
Top