12:54 / 05.05.2015
2752

Jangarilar Afg‘oniston harbiylari postiga hujum uyushtirdi

Badakhshan-operation2 Kun.uz: Afg‘onistonning shimoli-sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida jangarilar afg‘on harbiylari postiga hujum uyushtirdi. Natijada 17 askar halok bo‘ldi. Bu haqda Badaxshon viloyati kengashi rahbari Abdulla Naji (Abdullah Naji) ma'lumotiga asoslanib Khaama Press agentligi xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, dushanbaga o‘tar kechasi Varduj aholi punktidagi harbiylar postiga jangarilar hujum uyushtirgan. Yana 20 nafar askar otishmalardan so‘ng bederak yo‘qolgani aytilmoqda. Hozirga qadar biror guruh mazkur hujum yuzasidan mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmagan. xab-5
Top