13:35 / 06.05.2015
2000

«O‘zbekinvest» 2015 yilning uch oyida 2,9 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘ladi

1 may kuni «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Ijroiya qo‘mitasining kompaniyaning 2015 yil bitrinchi choragidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

2015 yilning I choragida 14,7 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foizga o‘sgan. Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari 14,1 trln. so‘m, o‘sish 161,3 foizni, to‘langan sug‘urta qoplamalari esa 2,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kompaniya tizimida jami 31 mingdan ortiq sug‘urta shartnomalari tuzildi.

Respublikaning 2015 yildagi Investitsiya dasturiga kiritilgan 32 ta loyihaga umumiy qiymati 12,2 trln. so‘m sug‘urta himoyasi taqdim etildi. O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatgich 125 foizga o‘sgan.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub'yektlariga 209 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta himoyasi taqdim etilgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksport shartnomalarini cug‘urtalash bo‘yicha 22,0 mlrd. so‘m majburiyatlar qabul qilingan bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 198 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 1,03 mlrd. so‘m yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109  foizni, to‘langan sug‘urta qoplamalari hajmi 122 mln. so‘mni tashkil etdi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 1,03 mlrd. so‘m yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112  foizni, to‘langan sug‘urta qoplamalari 0,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ta'kidlash kerakki, kompaniya tomonidan yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish ustida doimiy ish olib borilmoqda. Hisobot davrida mijozlar talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda namunaviy sug‘urta shartnomalarining 10 tasiga o‘zgartirishlar (indossament) kiritildi va 22 ta shartnoma modernizatsiya qilindi.

Hisobot davrida hududiy filiallar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar olib borish bo‘yicha takliflar berildi.

Top