01:54 / 06.05.2015
2833

Tailandda daydi it axlatga tashlab yuborilgan yangi tug‘ilgan qizchani qutqardi

Tailandning Chonburi viloyatida Nom Sot («Sut») laqabli daydi it onasi tomonidan axlatga tashlab yuborilgan yangi tug‘ilgan qizaloqni qutqarib qoldi, deb xabar beradi «Nur.kz».
Pattana Villa qishlog‘idagi ko‘chalardan birida yashovchi oq ko‘ppak mahalliy aholi ko‘z o‘ngida choyshabga o‘ralgan qizni tishlari bilan ko‘tarib, chaqaloq uchun g‘ajishayotgan ikki itdan uzoqqa, odamlar yoniga olib bordi.

Qishloq ahli bolani kuchukdan oldi va qutqaruvchilarni chaqirdi. Tanasining bir necha joyi tishlangan qizcha shifoxonaga yetkazildi.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qishloqqa o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarida qizaloqning onasi deb taxmin qilinayotgan ayolning bir necha kadrlari topilgan. Politsiya ayblov e'lon qilish uchun ayolni qidirmoqda.

Top