21:46 / 07.05.2015
4111

O‘zbekistonda yirik korxonalardagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston xorijiy investorlarga mamlakatimizdagi 68 ta yirik korxonadagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi muassasalari ulushini sotmoqda.  

Bu holat O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   

Qarorda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda bo‘shab yotgan va bitkazilmagan qurilish obektlariga ega korxonalarning jamg‘armalaridagi davlat va aktivlarni tahlil qilib chiqdi.  

Tahlil natijalariga ko‘ra, “real iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha takliflar” ishlab chiqildi.

Davlat ulushi xorijiy investorlarga sotilishi kerak bo‘lgan aksionerlik jamiyatlari tarkibiga mamlakatimizning yirik korxonalari, bank va sug‘urta kompaniyalari kirgan. Xususan quyidagi miqdorda aktivlar sotiladi:

AO «Navoiyazot» - 49%
AO «Kizilqumsement» - 35,9 %
AO «Jizzax akkumulyator zavodi» - 33%
«Turonbank» - 63,1 %
«Aloqabank» - 47,6 %
«O‘zagrosug‘urta» - 24,6 %
«Kafolat» - 15,5 %

Yirik sanoat korxonalari aktivlaridan tashqari, qarorda ommaviy savdolarda birinchi navbatda xorijiy investorlarga 343 ta aksionerlik jamiyatiining shaxsiy mulki, davlat aktivlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushini ularni modernizatsiyalash va tenxik qayta jihozlash, raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni tashkillashtirish maqsadida sotish ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, tanlov asosida investitsion majburiyatlarni qabul qilgan holda “nol” sotib olish bahosida qurib bitkazilmagan obektlarni ham o‘z ichiga olgan 512 ta davlat mulkchilik obektlarini sotish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat mulkchiligi obektlarini ijaraga oluvchilar ommaviy savdolarda to‘liq shaxsiy mulkchilikka sotilayotgan, investitsion majburiyatlarni qabul qilgan holda “nol” sotib olish bahosida sotilishi kerak bo‘lgan yoki qurib bitkazilmagan obektlarni sotib olishda, shu jumladan nol sotib olish bahosida, tasdiqlangan sharoitlarda sotib olish imtiyoziga egalar.

Top