06:33 / 07.05.2015
2218

Poroshenko ukrainalik amaldorlar Forbes reytingiga kirmasligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmatining energetik xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishidagi chiqishida Ukrainada hech kim davlat kompaniyalari hisobidan Forbes jurnalining reytingiga kirmasligini ma'lum qildi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida ma'lumot keltirildi.

“Kafolat beramanki, bundan keyin hech kim davlat monopoliyalarining imkoniyatlaridan foydalanib ushbu reytingga kira olmaydi”, - deb ta'kidlagan davlat rahbari.

Shuningdek, u monopoliyadan chiqarish siyosati milliy xavfsizlik manfaatlariga mos kelishini ta'kidlab o‘tdi.

Top