04:44 / 08.05.2015
2139

Nepaldagi zilzila sababli 1 mlnga yaqin bola maktabga bora olmaydi

Nepaldagi zilzila keltirib chiqargan vayronagarchiliklar sababli qariyb 1 mln bola o‘z maktabiga o‘qishga qaytib borolmaydi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.

Bu haqda Nepal hukumati ma'lum qildi. Zilzila oqibatida yuzlab maktablar vayron bo‘lgan. YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, 950 mingdan ziyodroq maktab o‘quvchilari binolar qayta tiklanmagunga qadar o‘qishlarini davom ettira olmaydi.  

Avvalroq Rossiyaning Nepaldagi elchisi Sergey Velichkin zilzila paytida baland tog‘larda joylashgan “Langtang” milliy bog‘ida yo‘qolib qolgan ikki rossiyalik sayyohning jasadi topilganini ma'lum qilgandi.

Top