04:59 / 08.05.2015
1924

Saakashvili Moldovaga korrupsiya bilan kurashishda yordam berishi uchun taklif etildi

Moldova hukumati Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini Kishinyovga korrupsiya bilan kurashishda yordam berishi uchun taklif etildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Moldova bosh vaziri Kirill Gaburichning aytishicha, mamlakatda antikorruptsion kengash tashkil etish rejalashtirilmoqda, korrupsiyaga qarshi kurashishga haqiqiy professionallarni jalb qilish mo‘ljallangan.

“Saakashvili va uning jamoasi islohotlar o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida katta tajribaga ega. Ular tahlil o‘tkazishadi va biz ularga mamlakatda korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar taklif qilamiz”, deb aytdi bosh vazir.

Avvalroq Ukraina Saakashvilini Gruziyaga ekstraditsiya qilmasligi ma'lum qilingandi.

Top