14:01 / 08.05.2015
2176

WSJ: AQShning oliy ma'lumotli ayollari ona bo‘lishni istashmoqda

AQShning oliy ma'lumotli ayollari orasida ona bo‘lishni istayotganlari ko‘paymoqda. Bu borada Pew Research Center markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari The Wall Street Journal gazetasida e'lon qilindi.
Ekspertlarning aniqlashicha, 2014 yilda 40-44 yoshli oliy ma'lumotli ayollarning amerikalik ayollarning 22 foizi farzandsiz bo‘lgan. 1994 yilda bu ko‘rsatkich 30 foizga teng bo‘lgan.
Shuningdek, ilmiy darajaga ega 40-44 yoshli ayollar orasida bir nafar farzand tarbiyalayotganlari 23 foizga tushgan (1994 yilda – 28 foiz). Uchta va undan ortiq farzandga ega ayollar ulushi 22 foizdan 27 foizga o‘sgan.

Top