08:20 / 10.05.2015
1370

Kuril orollarida 4.5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeani akvatoriyasida, Kuril orollari yaqinida 4.5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Saxalin viloyati boshqarmasi saytida ma'lum qilindi.
Aytilishicha, zilzila episentri Severo-Kurilsk shahridan 373 km janubi-sharqida bo‘lgan; zilzila chuqurligi – 140 km.
Aholijoylarga zilzila tebranishlari yetib kelmagan. Shuningdek, sunami xavfi uyg‘onmagan.

Top