08:58 / 10.05.2015
2063

Neymarga “Barselona” tarkibidagi 50-golini urishi uchun Messidan ko‘ra 31taga kamroq o‘yin talab etildi

“Barselona” hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida o‘tkazilgan “Real Sosedad”ga qarshi uchrashuvda (2:0) hisobni ochdi.
Bu uning jamoa tarkibida urgan 50-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, 23 yoshli futbolchi “Barselona” tarkibida 88 o‘yin o‘tkazib, 50ta gol muallifiga aylandi.
Messi bunday natijani 119 o‘yinda qayd qilgan edi.

Top