06:35 / 11.05.2015
13737

Ramzon Qodirov instagram orqali Obamaga murojaat qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining instagramdagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Barak Obamaga murojaat qildi hamda AQSh rahbarini “bu dunyoni qayerga olib borish” masalasi haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

“Men aminmanki, siz o‘zingizning eski ginalaringizni unutib, mayda muammolardan bosh ko‘tarib, dunyo davlatlari rahbarlari yig‘ilib, bu dunyoni qayerga olib borayotganingiz ustida o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘lardi. Balki bundan biror naf chiqar?! Rossiyani esa sanksiyalar bilan itoatkor yarimkolonial davlatga aylantirish mumkinligiga umid qilmasangiz ham bo‘laveradi. Agar biz 45-yilda otlarda Berlinga yetib olgan bo‘lsak, unda hozirda istalgan masalani hal qilish bizga cho‘t emas. Haqiqat tantana qilsin!” deb yozdi Qodirov o‘zining murojaatida.

Qodirov AQSh IShIDni moliyalashtirishga aloqador ekanligini hamda terrorchilarga qurol-aslaha va jangarilar yetkazib berayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top