16:25 / 11.05.2015
2776

Slovakiya bilan o‘yinda jarohat olgan rossiyalik xokkeychining jarohati 17ta chok orqali tikildi

Rossiya xokkey terma jamoasi himoyachisi Maksim Chudinov Slovakiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvida (3:2) iyagidan olgan jarohat oldi.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi natijasida uning jarohati 17ta chok orqali tikib qo‘yildi, deya xabar bermoqda Rossiya xokkey federatsiyasi rasmiy sayti.

«Nima deyishga ham hayronman. Qora chiziq tortilishi davom etmoqda. Maksimni jarohatini tiklash uchun tomog‘idan 17ta chok o‘tkazildi. Ularning ikkitasi ichki, 15tasi tashqi chok. Vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi. Maksim haqiqiy erkak sportchi. Umid qilamizki, u JChni davom ettira oladi», deya gapirib o‘tdi terma jamoa shifokori.

Oldinroq, jarohatlar sabab Rossiyaning yana uch nafar xokkeychisi muddatidan oldin JChni yakunlagandi.

Top