10:11 / 12.05.2015
2312

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida 11 mayda so‘nggi kun bahslari bo‘lib o‘tdi.

Aleksandra Yurkevskaya va Viktoriya Dirdin bu bahslar so‘ngida bronza medallariga ega chiqishdi.

Yettikurash bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida Aleksandra Yurkevskaya 4629 ochko to‘pladi hamda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu bahslarda qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Farida Madiyarova esa 3742 ochko bilan beshinchi bo‘ldi.

Uch hatlab sakrash sektorida qatnashgan Viktoriya Dirdin ham 12.34 ball ko‘rsatkichi bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bahslarida ham erkaklar va ayollar o‘rtasida final bahslari o‘tkazildi. Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston sharafini Komila Yakubova, Sabina Umarova va Shohruh Baratov himoya qilishdi. Sabina Umarova 1.03,33, Komila Yakubova 1.04,18 gatijalari bilan to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda kelishdi. Shohruh Baratov sakkizinchi bo‘ldi.

Jaloliddin Hamroqulov 200 metr masofaga yugurish musobaqasining hal qiluvchi final bosqichida startga chiqdi va 22,46 natijasi bilan beshinchi bo‘lib keldi.

Top