14:37 / 14.05.2015
6839

Forbes jahonning eng qimmat brendi yuzligini e'lon qildi

Forbes jurnali jahonning eng qimmat brendlari reytingini tuzib chiqdi. Uni tuzishda kompaniyalarning oxirgi uch yil ichidagi daromadi va brendning turli sohalarga ta'siri koeffitsiyenti singari jihatlar tahlil qilib chiqildi.

Reytingdan 15 mamlakatda, 20 sohada ishlayotgan 100ta eng qimmat brend nomi o‘rin oldi. Ro‘yxatning 50 foizini AQSh brendlari egallagan.
Birinchi o‘rin Apple kompaniyasiga berildi. Uning brendi Forbes ro‘yxatidan o‘rin olgan ikkinchi brenddan ikki barobarga qimmatroqdir (145.3 mlrd). 2014 yilning oxirgi choragida kompaniya 74.8 mln smartfon sotib, bu borada Samsung’dan o‘zib ketdi. iPhone xaridlari hisobot davrida 49 foizga o‘sdi, korporatsiya tushumi 18 mlrd dollarni tashkil qildi.
Ikkinchi pog‘onani Microsoft band etdi. Uning narxi 69.3 mlrd dollarga baholandi. Undan keyingi o‘rinni 65.6 mlrd dollarga baholangan Google egalladi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Coca-Cola (56 mlrd), IBM (49.8 mlrd), McDonald`s (39.5 mlrd), Samsung (37.9 mlrd), Toyota (37.8 mlrd), General Electric (37.5 mlrd), Facebook (36.5 mlrd) brendlari joy oldi.
Yigirmatalikka Disney, AT&T, Amazon, Louis Vuitton, Cisco, BMW, Oracle, Nike, Intel, Wal-Mart kirdi.

Top