02:05 / 14.05.2015
1830

Kasilyas Chempionlar Ligasida 150 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas Chempionlar Ligasi ikkinchi yarimfinalining javob uchrashuvida “Yuventus”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘yinga tushdi.

Shu tariqa, Kasilyas “Barselona” yarimhimoyachisi Xavidan keyin Chempionlar Ligasida 150 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli Kasilyas uch marotaba Chempionlar Ligasi g‘olibi unvonini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Top