14:31 / 15.05.2015
3100

20 yil ichida O‘zbekistonda 66.8 tonna giyohvand moddalar topilgan

1994-2014 yillar orasida O‘zbekistonda giyohvandlik bilan bog‘liq 193 mingdan ortiq jinoyat fosh qilingan. Bu jinoyatlar doirasida 66.8 tonna giyohvand moddalar qo‘lga olingan va yo‘q qilingan.

Bu ma'lumotlar Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Giyohvand moddalar tarqalishiga qarshilik ko‘rsatish va profilaktika choralari: milliy va xorijiy tajriba” konferensiyasi chog‘ida aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan shaxslar soni kamaygani ma'lum qilindi. 2001-2014 yillarda giyohvandlikka chalinganlar soni 100 ming kishiga 25.3dan 3.8ga qisqargan.

Top