08:29 / 15.05.2015
2497

AQSh Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilarini himoya qilishga tayyor

AQSh Fors ko‘rfazidagi ittifochilarini tashqi agressiyadan himoya qilishga tayyor. Bu haqda prezident Barak Obamaning Fors ko‘rfazi arab davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra e'lon qilingan bayonotda ma'lum qilindi.
“Prezident Obama Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi bo‘yicha ittifoqchilari bilan mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan barcha manfaatdor ekanligini yana bir tasdiqladi. AQSh ittifochilari va hamkorlarini tashqi agressiyadan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi”, – deb ta'kidlanadi bayonotda.
Ilgariroq Obama 2016 yilda ham arab davlatlari rahbarlari bilan uchrashishi ma'lum qilingan edi.

Top