06:24 / 15.05.2015
3135

Vashingtonda dronlar uchirish taqiqlab qo‘yildi

AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi Vashingtonda dronlarni uchirish rasman taqiqlab qo‘yilganligi uchun sayyohlarga o‘z dronlarini uylarida tashlab kelishni tavsiya qiluvchi bayonotni chop etdi.

Shahar va unga yondosh hududlar “dronlardan holi hudud” deb e'lon qilindi.

“Vashingtonga tashrifingizdan zavqlaning. Oilangiz bilan keling, kamera va quyoshdan saqlovchi kremdan ko‘proq oling. Biroq dronlaringizni uyda qoldirishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Bu choralar 11 sentabr voqealari hamda Kolumbiya okrugida istalgan parvoz qurilmalarining, shu jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalarining ruxsatsiz parvozlarni amalga oshirishini taqiqlash bilan bog‘liq holda qabul qilindi.

Avvalroq Oq uy oldida dron uchirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani ma'lum qilingandi.

Top