14:25 / 01.08.2015
3576

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari Fomin va Ayupov "Buxoro" tarkibiga o‘tdi

"Buxoro" futbol klubi davralar oralig‘ida o‘z safiga 11 nafar yangi futbolchini qo‘shib oldi

Ta'kidlash kerakki, ular orasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari Maksimilian Fomin hamda Temur Ayupovlar ham bor. Fomin bunga qadar faoliyatini Samarqandning "Dinamo"sida olib borayotgan edi. Ayupov esa "Bunyodkor"dan borib qo‘shildi. Olimpiya terma jamoasi sobiq a'zosi Pavel Smolyachenko ham ushbu klub safini to‘ldirdi.  

Shuningdek, "Buxoro"da endi milliy terma jamoaning sobiq a'zolari Sardor Qobuljonov ("Lokomotiv"), Aziz Ibragimov ("Dinamo") va Ruslan Melzitdinov ("Naft Majid Sulaymon" - Eron) ham faoliyat olib borishadi. 

Top