13:42 / 02.08.2015
20786

Beldersoydagi arqon yo‘lida favqulodda holat yuz berdi

Toshkent viloyatidagi Beldersoy oromgohining arqon yo‘lida favqulodda vaziyat ro‘y berdi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.


Ma'lum bo‘lishicha, 30 iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi ushbu oromgohdan o‘tgan arqon yo‘lining to‘xtab qolishi bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan avariya natijasida 50 kishi havoda, kabinalar ichida qolib ketgan. Ular ichida ayollar va keksalar ham bo‘lgan.
Voqea joyi yaqinida, shu tumandagi Chorvoq va Chimyon istirohat zonalari hududida qutqarish ko‘pkurashi bo‘yicha respublika musobaqasi o‘tkazilayotgan edi. Unda ishtirok etayotgan 17 jamoa vakillari yetib kelib, qutqaruv operatsiyasini amalga oshirdi. Operatsiyaga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Oripov boshchilik qildi. Natijada yo‘ldagi barcha 50 mijoz qutqarib olinib, yerga tushirildi. Hech kimga zarar yetmadi.

Top