14:20 / 02.08.2015
6232

YeXHT: Donetsk aeroporti oldida murakkab vaziyat hukm surmoqda

Donetsk aeroporti hududida murakkab vaziyat hukm surmoqda. Bu haqda YeXHT maxsus komissiyasi tayyorlagan hisobotda aytilmoqda.
“30 iyul kuni Donetsk markazida 19:35dan boshlab komissiya 40ta portlashni qayd qildi. Ular artilleriya yoki zenit zarbasidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”, – deyiladi hujjat matnida.
Juma kuni komissiya a'zolari oltita portlash va bir qancha o‘q ovozlarini qayd qilib o‘tgan edi.
Kommisiya kuzatuv punktidan 5 km janubi-g‘arbda 68ta, 3-8 km shimolda esa 38ta portlash qayd qilindi.
Ilgariroq komissiya Rossiyadan kelgan navbatdagi gumanitar konvoyning bir qismi ayrimachilar bayroqlari va shu yo‘nalishdagi materiallardan iborat bo‘lganligi ma'lum qilingan edi.

Top