14:11 / 02.08.2015
2600

Immigratsiya – YeIning birinchi darajali muammosi

Yevropaliklarning fikricha, Yevropa ittifoqi oldidagi asosiy muammo immigratsiyadir. Bu haqda “Yevrobarometr” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari dalolat bermoqda.
YeI darajasidagi qaysi masalalar eng ko‘p tashvishga sabab bo‘layotgani haqidagi savolga javob berar ekan, respondentlarning 38 foizi immigratsiyani tanladi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 14 foizga kattaroq natijadir.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 27 foizi iqtisodiy vaziyat, 24 foizi esa ishsizlikni asosiy muammo deb baholadi.
Immigratsiya ayniqsa Malta (65 foiz) va Germaniya (55 foiz) aholisining tashvishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, boshqa muammolar qatorida nafaqa, energiya ta'minoti, soliq siyosati, atrof muhit va iqlim o‘zgarishi tilga olindi.

Top