Rossiya Sberbanki rahbari German Gref ushbu tashkilot Qrim yarim orolida faoliyat yuritmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, edia Training Devision DW-Akademie tashkiloti rahbari Udo Prentselning Sberbank nega Qrimda o‘z bo‘linmasini ochmaganligi haqidagi savolga Gref quyidagicha javob bergan: “Shuning uchunki, Qrim, xalqaro moliya sektori nuqtai nazaridan, Ukraina hududi, va biz ushbu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlaymiz. Soddaroq aytganda, Sberbank uchun Qrim Rossiya emas”.
Sberbank Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin yarim orolda Ukrainadagi filiali orqali ishlar edi, ammo anneksiyadan so‘ng u o‘z faoliyatini to‘xtatdi.