10:11 / 02.08.2015
3228

Roy Kin: “Arsenal”ning ba'zi o‘yinchilari uchun futboldan ko‘ra selfiga tushish muhimroq

“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Roy Kin Londonning “Arsenal” klubining ba'zi o‘yinchilari futboldan tashqari narsalarga haddan tashqari ko‘p e'tibor qaratishlari va buning natijasida “kanonirlar”ning natijalariga putur yetayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Arsenal”da juda yaxshi o‘yinchilar bor, haqiqiy mehnatkashlar. Biroq jamoada selfiga tushish yoki qorin mushaklaridagi kubiklar ko‘proq qiziq bo‘lgan bir qator o‘yinchilar ham bor. Ular har kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining suratlarini chop etib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilishni xush ko‘rishadi.

Biz har yili “Arsenal” chempionlikka da'vogar degan gapni eshitamiz. Biroq bu jamoada haddan tashqari ko‘p yigitlar selfiga ruju qo‘yishgan. Angliya chempionatida g‘oliblik uchun barcha e'tiborni jam qilish o‘rniga, ular tanalari, soch turmaklari qanday ko‘rinishda ekanligidan ko‘proq qayg‘uradilar va bu o‘yinlar natijalariga ta'sir qilmasdan qolmaydi”, deydi o‘z vaqtida o‘zining qiziqqonligi bilan ajralib turgan irland futbolchisi.

Top