00:30 / 03.08.2015
2189

Berluskoni “Milan”ning 48 foiz aksiyalarining sotilishi bo‘yicha Techaubol bilan kelishuv imzoladi

“Milan” klubi prezidenti Silvio Berluskoni klubning 48 foiz aksiyasini tailandlik tadbirkor Bi Techaubolga sotish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. 30 senyatbrda e'lon qilinadigan kelishuv narxi 480 mln yevroga baholanmoqda.

Berluskoni “Milan” prezidenti bo‘lib qoladi. Klubda vitse-prezident Adriano Galliani va Berluskonining qizi Barbara bilan birgalikda uchinchi boshqaruvchi paydo bo‘lishi mumkin. Direktorlar kengashi 12 kishidan – Berluskoni tomondan 7 kishi va Techaubol tomonidan 5 kishidan iborat bo‘ladi.

Top