17:13 / 04.08.2015
26502

“Kunchiqarning botgan quyoshi”: Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombasi haqida hikoya qiluvchi fotofilm

Tarixni unutib bo‘lmaydi. Undan yuz o‘girish va yoki voz kechish tubanlik sari eltadigan yo‘ldir. Hech bir millat, hech bir xalq o‘zining qadim va yaqin tarixidan yuz burmaydi. Garchi bu tarixning sahifalarida qora kunlar soyasi ko‘p bo‘lasada. Chunki tarixni xotirga olmasi turib, kelajak qurib bo‘lmaydi. Buning sira iloji yo‘q.
1945 yilning 6-9 avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlandi. Insoniyat tarixida ilk bor yadro quroli sinovdan o‘tkazildi. Bu o‘z-o‘zidan, besabab bo‘lmadi, albatta. Ushbu qirg‘inning, ushbu dahshatning yagona sababi bor edi — urush!!!
Katta bir davlat ekanku, har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalik bo‘lganga nima yetsin. Xotirjamlik eng oliy va muqaddas ne'mat. Yaratganga shukur qilaylikki, mamlakatimiz tinch, odamlarimiz qalbida xotirjamlik hissi hukmron. Biroq bu bizdan loqayd, beparvo bo‘lishni emas, aksincha ziyrak, ogoh bo‘lishlikni talab etadi. Ne'matni borida qadrlasa Yaratgan uni yanada to‘kis etib beradi. Tinchlikning shukronasi esa ogohlikdir.
Nagasaki va Xirosimadagi fojyeaga yetmish yil to‘ldi. Ammo o‘sha kun yapon xalqi ongida, tarixida mangu muhrlandi. Hattoki uning zahmidan aziyat chekayotganlar hamon topiladi. Quyidagi rolikda o‘sha davr muhitiga qaytamiz... Uning dahshatlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. Zero, inson faqat va faqat tinchlik va omonlikda yashash uchun yaratilingandir.

Top