19:48 / 04.08.2015
2564

Bokuda O‘zbekiston-Ozarboyjon savdo uyi ochilishi mumkin

O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo munosabatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bokuda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi maslahatchisi Jahongir Aminov ma'lum qilgan.

U ikki davlatning eksport va import munosabatlarida yangi mahsulotlar (bug‘doy, to‘qimachilik mahsulotlari) paydo bo‘lishi haqida ma'lum qilgan va Bokuda O‘zbekiston-Ozarboyjon savdo uyi ochilishi ehtimoli haqida gapirgan.

Biroz oldinroq, ayni vaqtda O‘zbekistondan Ozarboyjonga avtomobilsozlik jihozlari, qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan texnika vositalari, rangli metallar, farmatsevtika mahsulotlari hamda o‘g‘itlash vositalari eksport qilinishi, Ozarboyjondan esa neft va kimyo mahsulotlari, mexanik buyumlar va qandolatchilik mahsulotlari import qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ozarboyjon Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi mahsulot aylanmasi hajmi 2014 yilda 61,512 mln dollarga teng bo‘lgan va bu 2013 yildagidan 2,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.

Top