09:21 / 04.08.2015
2668

Jee Sung Corporation O‘zbekistonda tibbiy uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

21-26 iyul kunlari O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Jee Sung Corporation kompaniyasi raisi Maykl Jo tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning farmatsevtik kompaniyalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.

“O‘zfarmsanoat” AK raisi M. Do‘smuratov bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatda tibbiy sterilizatorlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, Maykl Jo Jurabek Laboratories, Laxisam Pharmaceuticals va Orto Best kompaniyalarida bo‘ldi.

Top