01:05 / 04.08.2015
3674

Qirg‘izistonlik uchuvchi samolyotni yanglishib qurib bitkazilmagan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndirdi

Qirg‘izistonlik uchuvchi yanglishib o‘zi boshqarayotgan Boeing 737-300 samolyotini Krasnodarda qurilayotgan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndirdi. Bu haqda “Bazel Aero” kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Samolyot Bishkek – Krasnodar yo‘nalishi bilan harakatlanayotgan bo‘lgan. Samolyotda 122 kishi bo‘lgan. Ulardan birortasi ham jarohat olmagan. Qo‘nish odatiy tartibda amalga oshirilgan. O‘sha kuni kechki payt samolyot Bishkekka uchib ketgan.

Ta'kidlanishicha, qurilayotgan polosada unga qo‘nishni taqiqlovchi maxsus belgilar bo‘lgan. Voqea tergovi Qirg‘iziston aviatsiyasi sohasi vakillariga topshirildi.

Krasnodar aeroportidagi yangi uchish-qo‘nish polosasi joriy yilning sentabrida foydalanishga topshiriladi. Quruvchilar asosiy binolar qurilishini bitkazib bo‘lishgan, hozirda aeroport infratuzilmasi jihozlanmoqda.

Top