18:14 / 04.08.2015
2006

Samsung ishlab chiqarish jarayonida xastalangan ishchilarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga asos soldi

Koreyaning Samsung kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonida xastalangan ishchilarga yordam ko‘rsatish maxsus jamg‘armasiga asos soldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Jamg‘armaning ustav kapitali 100 mlrd vonani (85.5 mln dollar) tashkil qiladi. Davolanishdan tashqari, pullar ishlab chiqarishdan sog‘liqqa keladigan zararni tushirishga qaratilgan tadqiqotlarga yo‘naltiriladi. Asosiy kasalliklar sirasida saraton, limfoma va oq qon tilga olinmoqda.

Ilgariroq kompaniya o‘z xodimlari va ularning oilalari oldida rasman uzr so‘radi. Faollarning fikricha, kompaniyaning 200 xodimi faoliyati davomida og‘ir xastalikka yo‘liqqan, ulardan 70 nafari olamdan o‘tgan.

Top