16:26 / 04.08.2015
2377

Xitoy yuqori kuchga ega bo‘lgan dron hamda superkompyuterlar eksportiga cheklov o‘rnatadi

Xitoy joriy yilning avgust oyi yarmidan boshlab yuqori kuchga ega bo‘lgan dron hamda superkompyuterlar eksportiga cheklov o‘rnatadi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Ushbu cheklov 15 ming 420 metr balandlikda shiddatli shamol vaqtida 1 soatdan ko‘p muddat ucha oladigan dronlarga hamda hisoblash quvvati 8 tereflops (soniyasiga trillion operatsiyani amalga oshira oladigan) dan yuqori bo‘lgan superkompyuterlarga tegishli bo‘ladi.
Bu mahsulotlarning eksportiga qo‘yilgan cheklov milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qilinmoqda. Soha vakillarining fikriga ko‘ra, dronlar eksportiga qo‘yilgan cheklov tadbirkorlarning daromadiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Avvalroq, Pokiston harbiy havo kuchlari Xitoyga tegishli bo‘lgan Hindiston razvedkachi uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan, biroq Hindiston o‘zining dron yo‘qotmaganini ma'lum qilgan edi.

Top