08:31 / 04.08.2015
2708

"Xo‘jayli" nazorat-o‘tkazish punkti noyabr oyigacha yopib qo‘yildi

O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasidagi "Xo‘jayli" nazorat-o‘tkazish punktida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi tufayli shu yilning noyabr oyigacha punkt faoliyati to‘xtatib turiladi. Bu haqda "O‘zbekturizm" matbuot xizmati xabar bergan.

"Grafikka ko‘ra bu o‘tish punkti faoliyati 2015 yilning 1 noyabr kunida tiklanadi. Sayyohlik kompaniyalaridan shuni e'tiborda tutishlari so‘raladi", deyiladi xabarda.

Keyinroq batafsil ma'lumotlar berilishi aytilgan.

Top