15:39 / 05.08.2015
3617

“Zvezda” telekanali xodimi Ukraina xavfsizlik xizmatlarida “Onegin” taxallusi ostida ishlaganini tan oldi

Rossiyaning “Zvezda” telekanali operator yordamchisi Ukraina xavfsizlik xizmatida ishlaganligini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Kanal xodimi Anton Malishev Milliy gvardiya qo‘lida asir bo‘lganini va “o‘lim tahdidi” tufayli “Onegin” operativ taxallusi ostida ishlovchi agent sifatida Ukraina xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi hujjatni imzolaganini aytdi. Moskvaga qaytgach, Anton Rossiya kontrrazvedkasiga murojaat qilgan.

U operator Andrey Sushenkov bilan birga asir tushgan. Kiyevdagi markaz bilan ular elektron pochta yoki maxsus xizmat agentlari bilan uchrashuvlar orqali bog‘lanishlari talab etilardi. Shuningdek, aytilishicha, Ukraina razvedkasi undan telekanalda kim Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishini bilib olmoqchi bo‘lgan.

Malishev Rossiyada jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi, negaki bo‘lib o‘tgan voqea haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida ma'lumot berdi. Telekanal vakillarining aytishicha, u haqda film ham olishgan, u 9 avgust kuni namoyish etiladi.

Top