18:34 / 05.08.2015
2330

«Borussiya D» va «Volfsberg» o‘rtasidagi javob uchrashuviga 63 mingta chipta sotildi

Dortmundning «Borussiya» klubi Avstriyaning «Volfsberg» jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi javob uchrashuvi uchun 63 mingta chipta sotdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasidagi dastlabki safar uchrashuvida «Borussiya» kichik — 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

«Borussiya» va «Volfsberg» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi o‘tkaziladigan «Signal Iduna Park» stadioni o‘z bag‘riga 81 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.

Top