17:23 / 05.08.2015
3944

Urgutdagi ko‘chalardan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga aylantirib olingani tanqid qilindi

Samarqand viloyati Urgut shahridagi Temirchilar ko‘chasida (sobiq S. Rahimov ko‘chasi) savdogarlar turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘yib sotishmoqda. Natijada mazkur hududda yashovchi aholidan turli e'tirozlar tushmoqda, deb yozadi «Samarkandskiy Vestnik» gazetasi.

Savdogarlar yo‘ldagi barcha qoidalarni buzishmoqda. Transportlar, yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagida mashinalarning tirbandliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ammo ikki qadam narida dehqon bozori rastalari bo‘sh yotibdi, deyiladi xabarda.

Hozirda bu ko‘chadagi vaziyat nafaqat avtomobillarni va haydovchilarni balki o‘sha hududda joylashgan maktab rahbariyatini ham tashvishga solmoqda.

Top