16:22 / 06.08.2015
2331

Moskva qabristonlari internet orqali xizmat ko‘rsatishi mumkin

Moskva hokimiyatining internet portali – “Nash gorod”da qabristonlarni obodonlashtirishga bag‘ishlangan bo‘lim ochilishi mumkin.
Aytilishicha, “Ritual” dafn marosimlari boshqarmasi rahbari Artyom Yekimov portal ma'muriyatiga bu masala bo‘yicha murojaatnoma yo‘llab, dafn marosimlari o‘tkazish va qabriston xizmatlaridan foydalanish haqidagi axborotni internetga joylashtirishni so‘ramoqchi.
Shuningdek, joriy yilda Moskvada qabristonlar bo‘yicha onlayn qidiruv joriy qilinishi mumkin. Ushbu xizmat yordamida internet orqali qabr joylariga buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

Top