17:46 / 06.08.2015
2085

Polshaning yangi prezidenti Anjyey Duda qasamyod qabul qildi

Anjyey Duda Polsha prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. U mamlakatning yangi tarixidagi oltinchi prezident bo‘ldi. Uning inauguratsiyasiga bag‘ishlangan tantanali marosim bugun seym (quyi palata) plenar yig‘ilishlari zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Konstitutsiyaga muvofiq, Duda qasamyod matnini Milliy majlis qarshisida o‘qib eshittirdi. Ushbu jarayonda uning o‘ng qo‘lida rafiqasi, bugundan e'tiboran mamlakatning birinchi raqamli xonimiga aylangan Agata turardi. Marosimda deputatlar va senatorlar, hukumat vakillari, diniy rahnamolar va harbiy qo‘mondonlar, turli mamlakatlar diplomatlari, Dudaning do‘stlari va qarindoshlari, shuningdek, sobiq prezidentlar Lex Valensa, Aleksander Kvasnevskiy va Broslav Komorovskiy ishtirok etmoqda.
Duda joriy yilning may oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 51.55 foiz (8.63 mln) ovoz to‘pladi. Ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatgan sobiq prezident Komorovskiy esa 48.45 foiz (8.1 mln) saylovchilarning ishonchini qozona oldi.

Top