02:09 / 07.08.2015
2997

“O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi

2015 yil 21 avgust Andijon shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Hakamlik sudlari xodimlari hamda hakamlik sudyalari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.

Seminarda “Hakamlik sudlari faoliyatining huquqiy asoslari, nizolarni hal qilishdagi roli va ahamiyati”, “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarini xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqish amaliyoti” va mavzuga oid boshqa ma'ruzalar o‘qib eshittiriladi.

Top